Andijon Davlat
Universiteti
VILOYAT HOKIMI SHUHRATBEK ABDURAHMONOVNING UNIVERSITETIMIZGA TASHRIFI
2021-10-20    587

Bugun, 20-oktabr kuni, viloyatimiz hokimi Shuhratbek Abdurahmonov talabalarni yotoqxona bilan taʼminlash masalalari boʻyicha Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

 

Tashrif chog’ida universitetimiz talabalar turarjoyida talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida to’xtaldi va tez orada qolgan muammolarni ham bartaraf etish bo’yicha tegishli mutassaddilarga topshiriqlar berildi.

Shundan so’ng universitet rektori Akramjon Yuldashev soʻz olib, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga universitet va talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlardan barcha professor-o’qituvchilar, talabalar nomidan oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

 

Tashrifdan ruhlangan filologiya fakulteti dekani Bahodir Rahmonov hozirgi kunda yoshlarga, xususan, talabalarga berilayotgan imkoniyatlar va ulardan unumli foydalangan holda erishilayotgan yutuqlar haqida soʻzladi.

Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar viloyat hokimiga eʼtibor va yangi shart-sharoitlar uchun o’zlarining minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Shuhratbek Qoʻshaqboyevich talabalar turarjoyidagi qizlar hamda oʻgʻil bolalarning xonalariga kirib, ularning sharoitlari bilan tanishdi.

Talabalar turarjoyida 1400 ta qoʻshimcha oʻrin-joy ajratildi va  hozirning oʻzida 100 nafar talabani yotoqxonaga joylashtirish rejalashtirildi.

 

Viloyat hokimining tashrifi chinakam maʼnoda bayramga aylanib ketdi. Universitetimizning isteʼdodli talabalari oʻzlarining goʻzal raqslari bilan barchaning kayfiyatini yanada koʻtardilar. Uchrashuv soʻngida talabalar uchun tushlik ulashildi.

 

Shuningdek, talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash qamrovini kengaytirish maqsadida xususiy sherikchilik asosida 600 o’rinli yotoqxona qurilishi uchun bugunning o’zida start berildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.