Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida hokim va yoshlar uchrashuvi
2021-10-02    1201

Bugun, 2-oktyabr kuni Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov talabalar bilan suhbatlashish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, talabalar turar joylari holati bilan tanishish va qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Dastavval Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijonlik talaba yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi. So‘nggi yillarda viloyatda ilm-fan hamda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida to‘xtalib, talabalarni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.

Ehtiyojmand “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi oila farzandlarining har bir murojaati shu joyni o‘zida hal qilindi. Jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hozirda to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan bir nafar qizga bir yillik to‘lov-shartnomasini to‘lab berish, onlayn topshiriqlarni bajarishda telefoni yo‘qligi uchun qiynalayotgan bir nafar qizga so‘nggi rusumdagi uyali aloqa vositasi, uy-joy olish uchun boshlang‘ich to‘lovga qiynalayotgan “Ayollar daftari”da turgan bir nafar xotin-qizga uy-joy olish uchun boshlang’ich to‘lovi shaxsan viloyat hokimi mablag’lari hisobidan shu joyni o‘zida to‘lab berildi hamda o‘qishdan uzilmagan holda ish bilan ta’minlandi. Tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagida bo‘lgan yana bir xotin-qizga imtiyozli kredit asosida 6 ta tikuv mashinasi topshirildi. Shuningdek, talabalarni qiynab kelayotgan transport muammosini ham hal qildi. Talabalar serqatnov ko'chalarning barchasiga zamonaviy, barcha qulayliklarga ega yangi avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yildi. 

Viloyat hokimi universitetda talabalar ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish, ular bilan bir payola choy ustida suhbatlashish maqsadida umumiy oshxonaga kirib, talabalar bilan birga ovqatlandi.

Shundan so‘ng, universitetning 1-2 sonli talabalar turar joyliga bordi. U yerda xonalarga kirib talabalari bilan suhbatlashdi yotoqxona sig’imini oshirish va qo‘shimcha yotoq o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha mutassadilarga kerakli topshiriqlarni berdi. Xususan, har bir xonaga 2 qavatli korovotlar joylashtirish lozimligini ta’kidlab, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni belgilab berdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.