Andijon Davlat
Universiteti
ROSSIYANING VORONEJ DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI VAKILLARI UNIVERSITETIMIZDA
2021-10-01    267

Bugun, 1-oktyabr kuni Andijon davlat universitetiga ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish maqsadida Rossiyaning Voronej davlat texnika universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Budko Valeriya Vyacheslovovna hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Shulgin Aleksey Vyacheslovovichlar tashrif buyurdilar. Mehmonlarni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev, akademik Sirojiddin Zaynobiddinov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i Farhodbek Alimovlar kutib oldilar.

Ikki tomon vakillari hamkorlikda ilmiy lobarotoriyalarni tashkil etish, birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib bordilar. Shuningdek, magistratura va doktoranturada ta’lim olayotganlar tadqiqotchilarni stajirovkalarga yuborish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini ham kelishib oldilar.  

Eslatib o‘tamiz, Andijon davlat universiteti 52 ta xorijiy OTMlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, shulardan 34 tasi bilan ikki tomonlama shartnoma imzolagan. Qo‘shma ta’lim dasturi asosida Rossiya (3 ta OTM) va Belaruss Respublikasi (1 ta OTM) OTMlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.