Andijon Davlat
Universiteti
OZODLIKNI OLOVLARDAN SAQLAGAN INSON
2018-01-30    7438

Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot kutubxona markazida “Ozodlikni olovlardan saqlagan inson” mavzusidagi xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Shohsanam Usmonova, Hayitxon Ismoilovalar, Kutubxona markazi rahbari  Gulnora Ismoilova, direktor o‘rinbosari Nasiba Aznabaeva, AKM bosh kutubxonachisi Muhayyo Ubaydullaeva va xodimlari, Andijon Tibbiyot kolleji o‘qituvchisi, “Andijon Saidasi” to‘garagi raxbari Odinaxon  Inomiddinova, hamda kollej talabalari,  Andijon Pedagogika kolleji talabalari ishtirok etdi.

Dastlab,  O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi xurmatiga 1 daqiqa sukut saqlandi. So‘ng tadbirni kutubxona bosh kutubxonachisi Muhayyo Abdullaeva ochib berdi. Barcha tadbir ishtirokchilarini ziyo maskaniga tashrif buyurganligi uchun minnatdorchilik bildirdi va barcha o‘zbek xalqining yuragidan joy olgan inson, o‘zbek xalqining ardoqli farzandi, tengi yo‘q siyosatchi, buyuk davlat arbobi muxtaram Birinchi Prezidentimz Islom karimovning xayot va faoliyatiga aloxida  to‘xtalib o‘tdi.

Andijon davlat universiteti  o‘qituvchilari Shoxsanam Usmonova Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan isloxotlar, Hayitxon Ismoilova Birinchi Prezidentimizning ayniqsa, yoshlarga aloxida e’tibor qaratgani xususida so‘zladi.

Tadbirda Andijon tibbiyot kolleji talabalari tomonidan tayyorlab kelingan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi, she’rlar o‘qildi.

Tadbir so‘ngida Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag‘ishlangan videorolik ishtirokchilarga taqdim etildi va direktor o‘rinbosari N.Aznabaeva xotira kechasini yakunlab berar ekan barcha yoshlarimizni kitobxonlikka chorlab, xar doim kutubxona eshiklari yoshlarimiz uchun ochiq ekanligi va barcha xodimlar ularga kerakli yordamlarini ayamasliklarini, kutubxonaga tashrif buyurayotgan yoshlarimizdan mamnunligini bildirdi.

Hayitxon ISMOILOVA
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.