Andijon Davlat
Universiteti
“Patent bazalaridan foydalanish” mavzusida seminar o'tkazildi
2021-09-06    299

Joriy yilning 6-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida “Patent bazalaridan foydalanish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Andijon davlat universitetining professor-o‘qituvchilari va yosh olimlari seminarda ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari Rahmonov Sunnatulla va Abdujalil O‘rinboyevlar tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish”, “Patent bazalaridan foydalanish” to‘g‘risida ma’ruza qilindi.

Shuningdek seminar qatnashchilari o‘zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Seminar yakunida olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

Navro'zbek Mirzaalimov
Ilmiy tadqiqotchi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.