Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA YANGI O’QUV YILI BOSHLANDI
2021-09-06    904

Respulikamizning barcha bosqichdagi ta’lim dargohlarida yangi o’quv yili boshlandi.

Bugun, 6-sentabr kuni Andijon davlat universitetida 2021-2022-o’quv yilining boshlanishiga start berildi. Madhiya sadosi ostida boshlangan bayram tadbiri barchaga o’zgacha shukuh bag’ishladi.

 

Dastlab, universitetimizning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Mullajonov Rustamjon Vahobjonovich so’zga chiqib barcha tadbir qatnashchilarini mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan samimiy qutladi hamda tadbirni ochiq deb e’lon qildi.

 

Shundan so’ng, tarix fanlari doktori, professor Rustamjon Shamsiddinov hamda fizika fanlari doktori, professor Raimjon Aliyevlar so’zga chiqib, 1-kursga qabul qilingan talaba yoshlarni talabalik bilan qutlab, barcha talabalarni yangi o’quv yili bilan tabrikladi. Ta'lim tizimidagi islohotlar o‘z mevasini bera boshlagani yangi o’quv yilida namoyon bo‘layotgani, bunda talabalarning kuchli bilim va salohiyatga ega bo’lish uchun astoydil harakat qilishlari lozim ekanini aytib o‘tdilar. Bu esa Yangi O’zbekistonda yoshlarining yangi marralarni egallashiga ishonch bildirdilar.

 

Bayram tadbiri davomida bu yilgi imtihonlarda Andijon davlat universitetiga kirishda eng yuqori ball to’plagan talaba Zilolaxon Egamberdiyevaga prorektorimiz Rustamjon Mullajonov tomonidan “Bilimlar kaliti” va shu bilan birgalikda, talabalik guvohnomasi tantanali topshirildi.

Yangi O’zbekistonda,  yangi o’quv yili butun yil davomida yangicha tarzda bardavom bo’lishiga umid qilib qolamiz.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.