Andijon Davlat
Universiteti
XOTAMJON KETMONOVNING ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETGA TASHRIFI
2021-08-28    622

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 07-07/1-289-sonli topshirigʻiga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, maktabgacha, xalq taʼlimi, oliy taʼlim vazirliklari va uning tizimidagi mutaxassislardan iborat tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan 2021-yil 19-24-avgust kunlari Andijon viloyatidagi barcha turdagi taʼlim muassasalarida yangi 2021-2022 oʻquv yiliga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar saylanma tarzida oʻrganildi.


Mazkur masala yuzasidan joriy yilning 28-avgust kuni Andijon davlat universitetida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 1-oʻrinbosari Ketmonov Xotamjon Abduraxmanovich, viloyat hokimining oʻrinbosari Shukurov Oʻtkirbek Ilxamovich, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshliqlari, maktabgacha, xalq taʼlimi, kasbiy taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi boshliqlari, tegishli oʻrinbosarlari, xalq taʼlimi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash hududiy markazining rahbariyati, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Andijon hududiy boʻlimi xodimlari ishtirok etdilar.


Mazkur yigʻilishda maktabgacha, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, oliy taʼlim muassasalarida yangi 2021-2022 oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, bu borada yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Davlat inspeksiyasi boshligʻining 1-oʻrinbosari va viloyat hokimining tegishli oʻrinbosari tomonidan yigʻilish ishtirokchilariga tegishli vazifalar belgilab berildi.


Shuningdek, yigʻilishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 1-oʻrinbosari Ketmonov Xotamjon Abduraxmanovich, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy boʻlimi boshligʻi lavozimiga Andijon viloyati hokimining tavsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan Toʻychiyev Abduraxmon Gʻofurovich tayinlanganligini tanishtirib oʻtdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.