Andijon Davlat
Universiteti
“ENG YAXSHI GURUH MURABBIYI” ANIQLANDI
2021-07-05    237

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-yanvardagi 3-qo‘shma qarori, Fanlar akademiyasining 2021-yil  25-yanvardagi 1/2-sonli, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yil 26-yanvardagi 1/1-qo‘shma qarorlariga muvofiq universitetda “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi guruh murabbiyi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovining 1-bosqich fakultetlarda o‘tkazilib, g‘olib guruh murabbiylari universitet bosqichiga tavsiya etildi.

Fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari va guruh murabbiylari tomonidan tavsiya etilgan san’atshunoslik fakulteti badiiy kulolchilik yo‘nalishi 1-kurs 104-guruh murabbiyi N. Ro‘ziev, chet tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 201-guruh murabbiyi N. Fozilova, Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti 20-KI guruhi murabbiyi N.Alimqulov, ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti psixologiya yo‘nalishi 101-guruh murabbiyi H.Mo‘minova,  maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 203-guruh murabbiy, tabiiy fanlar fakulteti geografiya ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 102-guruh murabbiyi M.Habibullaeva, pedagogika fakulteti BTSTI ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 201-guruh murabbiyi I.Sattarova, filologiya fakulteti o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 303-guruh murabbiyi D.Abdullaevalar ishtirok etdilar.

Tanlov shartlariga ko‘ra guruh murabbiylarining barcha me’yoriy hujjatlarni talab darajasida yuritganligi, talabalarga Ona-Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalik g‘oyalarini singdira olganligi  va ma’naviyatli, madaniyatli, ilm salohiyatli etib tarbiyalashdagi pedagogik mahoratlari ko‘rib chiqildi va quyidagi o‘rinlar belgilandi.1-o‘rinni chet tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 201-guruh murabbiyi N.Fozilova, 2-o‘rinni axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti 20-KI guruhi murabbiyi N.Alimqulov, 3-o‘rinni san’atshunoslik fakulteti badiiy kulolchilik yo‘nalishi 1-kurs 104-guruh murabbiyi N.Ro‘zievlar qo‘lga kiritganligi e’tirof etildi. Ularga universitet rektorining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanish, ko‘rik-tanlovda munosib ishtirok etgan barcha guruh murabbiylariga ustama haq belgilashda umumiy faolligi e’tiborga olinishi belgilab qo‘yildi.

1-o‘rinni egallagan chet tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 201-guruh murabbiyi N.Fozilova “Eng yaxshi guruh murabbiysi” nominatsiyasi g‘olibi deb e’lon qilindi hamda tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Azamjon Hamraqulov
Andijon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.