Andijon Davlat
Universiteti
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI STIPENDIYASI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALAR UCHUN NOMZODLARNI HUJJATLARINI QABUL QILISH BOSHLANDI
2021-06-21    4038

Siz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar sohibi bo’lishni istaysizmi? Unda o‘z imkoniyatlaringizni qo‘ldan boy bermang!

⚠️2021-2022 o‘quv yili uchun bakalavr yo‘nalishini 2-3-kurslarini tamomlayotgan iqtidorli talabalar va 1 kursni tugatayotgan magistrantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat (Ulug‘bek, Navoiy, Islom Karimov) stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar quyidagi mezonlarga asoslanishi so‘raladi:
✅A’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
✅Kamida 2 tadan ilmiy maqola va tezislar mavjudligi;
✅Davlat tilini va 1 ta chet tilini (MDH tillaridan tashqari) yaxshi bilish.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi talaba va magistrlar quyidagi hujjatlarni zaruriy ma’lumotlarni iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshiradilar:
✅Sinov daftarchasidan ko‘chirma (dekanat tasdiqlagan);
✅Dekan va kafedra mudiri tavsiyanomasi;
✅Ilmiy rahbarining fikr-mulohazasi;
✅Ilmiy ishlarining ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
✅Erishilgan qo‘shimcha yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
✅Ma’lumotnoma (ob’ektivka);
✅Tarjimai hol (rasmli);
✅Pasport nusxasi.

????Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar hujjatlar yig‘ma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 21-iyunidan 28-iyunga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi.

????Murojaat uchun: +998 91 609 77 44

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.