Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABASI “TECHNOWAYS -2021” GʻOLIBI
2021-06-11    1006

Universitetimizning Matematika-informatika taʼlim yoʻnalishi sirtqi boʻlim 1 bosqich talabasi Moʻydinjonov Ikromjon Ilhomjon oʻgʻli Qoʻqon universiteti (Kokand University)da boʻlib oʻtgan “Technoways-2021” texnologik rivojlanish marafonida ishtirok etib, birinchi oʻrinni egalladi va 30 mln. soʻmlik mukofotni qoʻlga kiritdi.

 

Texnologik rivojlanish marafonida vodiy viloyatlarining 75 nafar ilgʻor yoshlari ishtirok etib, iqtisodiyotimizda mavjud muammolarga innovatsion texnologik yechimlar taklif qildilar.

 

6 ta jamoa tomonidan ilgari surilgan loyihalar “Eng yaxshi dasturiy taʼminot” va “Eng yaxshi texnologik yechim” nominatsiyalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Moʻydinjonov Ikromjon “Eng yaxshi texnologik yechim” nominatsiyasida “Smart water” texnologik ishlanmasi bilan ishtirok etdi va gʻolib boʻldi. 

Ushbu ishlanma amaliyotga joriy etilsa, respublikamiz miqyosida yiliga 280 mln kub metr suvni tejab qolishga erishiladi. Suv manbalari tanqisligi boshlangan bugungi kunda ushbu texnologik ishlanmaning ahamiyati juda ham yuqori.

 

Marafonning taqdirlash marosimi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi direktori Olimjon Toʻychiyevlar ishtirokida etdi.

 

Talabamizning kelgusi ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.