Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJONDA QVZ FESTIVALI O‘TKAZILDI
2021-06-09    3391

Joriy yilning 8-iyun kuni Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da QVZ festivali o‘tkazildi. Unda Qirg‘iziston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoa ishtirok etdi. Ular orasida universitetimizning “Universal” quvnoqlar va zukkolar jamoasi ham ishtirok etdi.

Jamoalar o‘z chiqishlarida talabalar hayotida uchrayotgan muammolarni, bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan hazil mutoyibaga boy sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berdilar.

Jamoalarning chiqishlarini quvnoqlar va zukkolar assotsatsiyasi rahbari Olimjon Xudoynazarov, “Dizayn” va ”Shovvozlar” jamoalari faxriy a’zlolaridan iborat hakamlar hay’ati baholab bordilar.

Universitetimizning “Universal” jamoasi ham o‘z chiqishlari orqali mehmonlar va tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Yakuniy natijalar va keyingi bosqichga chiqqan jamoalar hakamlar hay’ati xulosasi asosida e’lon qilinadi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.