Andijon Davlat
Universiteti
IT SOHASIGA QIZIQUVCHILAR UCHUN MASTER KLASS O‘TKAZILDI
2021-06-05    259

Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis – dunyodagi va O‘zbekistondagi eng talabgor kasblardan biridir. Hozirda deyarli barcha tarmoqlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini yuritadi. Turli sohalarda axborot texnologiyalaridan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Bu esa IT-mutaxassislarning xizmatiga bo‘lgan talabning ortib borayotganidan darakdir.

Bugun 5-may kuni Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalar va kompyuter injineringi fakultetida Andijondagi eng mashxur O‘zbekiston hamda boshqa MDH mamlakatlariga buyurtma asosida dasturiy va raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, offlayn va onlayn formatida dasturlash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi “Datamond” IT kompaniyasi asoschilari Olimjon G‘ulomov, Murodillo Ismatov, Nuriddinbek Qodirov va Diyorbek Mamadaliyevlar ishtirokida yosh dasturchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda universitetning Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektori Madaminjon Mahkamov, universitetning talabalar va xodimlar kasaba uyushmasi rahbari Mirzabahrom Botirov, professor-o‘qituvchilar hamda IT-sohasiga qiziquvchi talaba yoshlar ishtirok etdilar.

“Google Developers Group” a’zolari, “Datamond” IT kompaniyasi va “Integer” o‘quv markazi asoschilari bo’lgan Olimjon G‘ulomov, Murodillo Ismatov, Nuriddinbek Qodirov va Diyorbek Mamadaliyevlar talabalarga veb dasturlash, mobil va IOS dasturlarini yaratish hamda amaliyotga tadbiq etish, bugungi kunda tobora daromadli sohaga aylanib borayotgan IT sohasida ish boshlash uchun dastlab nima qilish kerak ekanligi tushuntirib, atroflicha ma’lumotlar berdilar.

Ushbu IT mutaxassislari hali yosh bo‘lishiga qaramasdan ushbu sohada yetarlicha tajriba va malakaga ega bo‘lish bilan bir qatorida o‘zlarining kompaniyalariga asos solishga ham ulgirgan. Suhbat davomida talabalarni dasturlash bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazish orqali ish bilan ta’minlash bo‘yicha ham takliflarni ilgari surdilar. Uchrashuv davomida talabalar IT sohasi va veb dasturlash bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan atroflicha javob oldilar. Ushbu uchrashuvda faol ishtirok etgan talabalar esa universitetning talabalar va xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Uchrashuv yakunida talabalarning xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda fakultetda “Integer” o‘quv markazini filialini ochish bo‘yicha kelishib olindi. O‘tkazilgan uchrashuv bugungi raqamli texnologiyalar davrida mamlakatimiz uchun kerakli kadrlarni tayyorlashga xizmati qiladi.

Shu o‘rinda “Datamond” IT kompaniyasi haqida batafsil ma’lumotlarni www.datamond.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.