Andijon Davlat
Universiteti
BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY
2021-06-04    3916

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida bugun, 4-iyun kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Sultanmurodovich Yuldashev boshchiligida maktabgacha ta’lim fakulteti professor-o’qituvchilari universitetga biriktirilgan Andijon shahridagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar.

Universitet rektori dastlab “Navro’z” MFY raisi A.Buvajonov bilan birga ushbu mahallada istiqomat qiluvchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor xonadonlarga kirib, ularning holidan xabar oldilar.

Jumladan, boquvchisini yo‘qotgan Oliyorxon Salimova, Dilafruzxon Qosimova, 1-guruh nogironi Barchinoy Matkarimova, 2 nafar nogironi bor Sultonxon Mansurovalar xonadoniga kirib ularni holidan xabar oldilar hamda universitetimiz tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdilar shuningdek, ushbu oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim fakulteti qoshidagi MTMga qabul qilish,   ular uchun turli o‘quv kurslari, qiziqishlariga qarab san’at va sport to‘garaklariga jalb etish bo‘yicha fakultet dekaniga tegishli ko‘rsatmalarni berdi. Ushbu ezgu ishdan mamnun bo‘lgan xonadon egalari universitet jamoasiga o‘z minnatdorchiligini izhor etdilar.

Shundan so‘ng, tashrif mahalla hududida joylashgan 32-umumta’lim maktabida davom etdi. Ushbu maktabda o‘quvchilar va mahallaning uyushmagan yoshlari uchun tashkil etilgan turli sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Xalqaro va respublika musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan yoshlar bilan suxbatlashib, maktab va universitet hamkorligida mahalla yoshlari uchun yana qo‘shimcha to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.  

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.