Andijon Davlat
Universiteti
QOZOQBOY YOʻLDOSHEV BILAN ADABIY UCHRASHUV
2021-06-03    853

Bugun 3-iyun kuni oʻzbek tili va adabiyot kafedrasi qoshida tashkil etilgan " Goʻzal yozgʻichlar"   toʻgaragining navbatdagi pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldoshev bilan adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv fakultet rahbariyati va "Goʻzal yozgʻichlar" toʻgaragi asoschisi Jamoldin Yoqubov tomonidan tashkil etildi.

Dastlab oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri Zokirjon Mamajonov olimni talabalarga tanishtirdi. Davrani oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Muqaddas Tojiboyeva olib bordi. Dastavval ustoz Qozoqboy Yoʻldoshev uchrashuv qatnashchilariga bugungi kunda adabiyotning jamiyat hayotida tutgan oʻrni xususida gapirdi.



Shundan soʻng toʻgarak rahbari oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Jamoldin Yoqubov ustozning hozircha soʻnggi kitobi boʻlib turgan " Ochqich soʻz" kitobi haqida soʻz yuritdi. Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan olimga murojaat etdilar va oʻzlari kutgandan ortiq javoblarni oldilar. Savol - javoblarda bugungi kun oʻqituvchisi qanday boʻlishi kerak, adabiyot va zamon, Navoiy va Bobur mushtarak va farqli qarashlari, joriy darsliklarning yutuq va kamchiliklari masalalari atroflicha tahlil etildi. Uchrashuv professor va talabalarda iliq taassurotlar qoldirdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.