Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETI SHAROITI OG’IR XONADONLARDAN XABAR OLMOQDA
2021-05-31    689

Yordamga, mehrga muhtoj insonlarga har tomonlama ko‘mak berish va ularni qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos ezgu fazilatdir.
Bugun, 31-may kuni Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov hamda dekan o‘rinbosari I.Djumaboyev Guliston MFY profilaktika inspektori X.Mamajonov ushbu MFY hududidagi Boqi Muxmudiy va Bobosa’din mahallalarida istiqomat qiluvchi “Temir daftar”ga kiritilgan, 1-guruh nogironligi bor Otaboyev Xurshidbek hamda Abdumutalipov Abdulvositbeklarning holidan xabar oldilar, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdilar.


Andijon shahridagi Guliston MFY tarix fakultetiga biriktirilgan bo‘lib, ushbu MFYda uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga nogironligi bor yoshlar holidan xabar olish, ularga xozirda zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy yordam berish tizimi joriy qilindi.


Darhaqiqat, inson qalbiga quvonch ulashish, ular dardiga sherik bo‘lish ulug‘ baxtdir. Shunday ekan, atrofimizdagi mehrga, ko‘makka muhtoj insonlardan bir og‘iz shirin so‘zimizni, mehr-muhabbatimizni darig‘ tutmaylik. Imkonimiz bo‘lsa, ulardan yordamimizni ayamaylik!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.