Andijon Davlat
Universiteti
DAVLAT TILINING O‘QITILISHINI TAKOMILLASHTIRISHDA TALABALARNING ROLI
2021-05-31    801

Davlat tilini nufuzini oshirish, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘qitishni takomillashtirish, ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitishda yangicha usul va vositalardan foydalanish maqsadida bugun 31-may kuni Andijon davlat universitetida pedagogika fanlari doktori, professor Shohidaxon Yusupova tashabbusi bilan “Davlat tilining o‘qitilishini takomillashtirishda talabalarning roli” mavzusida o’quv-seminar tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, va filologiya fakultetining 3-kurs talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida filologiya fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan o‘zbek tilini ulug’lovchi, uni milliy qadriyatlarimiz kuychisi ekanligini tarannum etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir so‘nggida ushbu tadbirni tashkillashtirishdagi faolligi uchun Shohidaxon Yusupova talabalarga o‘z minadorchiligini izhor etdi.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.