Andijon Davlat
Universiteti
OʻZBEKISTONDA ILK BOR AHOLI ROʻYXATGA OLINADI
2021-05-25    1455

Respublikamizda 2023-yilda ilk bor aholini roʻyxatga olish oʻtkaziladi.


Maʼlumki, BMTning 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga aʼzo davlatlar har oʻn yilda kamida bir marta aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishi belgilab qoʻyilgan. Ayni paytda, MDH davlatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan. 2019-yilning oktyabr oyida Ozarbayjon va Belarus davlatlarida aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazldi. Joriy yilda Armaniston, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlarida mazkur tadbirni oʻtkazish rejalashtirilgan.


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida hali biror marta aholini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan. Ushbu tadbir soʻnggi bor sobiq ittifoq davrida 1989-yilda oʻtkazilib, oʻsha paytda yurtimiz aholisi
19,7 million kishini tashkil etgan.


Avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi (barcha aholi punktlari boʻyicha), oilaviy ahvoli, maʼlumoti, kasbi, uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari kabilar boʻyicha batafsil maʼlumot toʻplanadi.

Binobarin, mazkur koʻrsatkichlar orqali aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hisoblanadi. Oʻz navbatida, yurtdoshlarimiz migratsiyasi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar shakllantiriladi.

Bundan tashqari, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati kengayadi.

Chunonchi, aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va samarali joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda bu maʼulotlar nihoyatda qoʻl keladi. Shuningdek, aholini roʻyxatga olish natijasida milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish koʻrsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yaratiladi.

Murodjon To'raqulov
Viloyat statistika bo'limi bosh mutaxassisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.