Andijon Davlat
Universiteti
“ZAKOVAT” BO’YICHA KO’CHMA “REKTOR KUBOGI” O’Z EGASIGA TOPSHIRILDI
2021-05-11    780

Yurtimizda intellektual o‘yinlarni keng yoyish hamda talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida bugun 11-may kuni Andijon davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan ochiq osmon ostida «Rektor kubogi» uchun fakultetlararo "Zakovat" intellektual oʻyinlariga start berildi.

 

Zakovat turnirida universitetimizdagi fakultetning 1-4-kurslarning iqtidorli talabalaridan iborat 11 ta fakultet terma jamoalari ishtirok etdi. Qizg‘in muhokamalarga boy o‘tgan 1-turda quyidagicha natijalar qayd etildi:

 

1-oʻrin Fizika-matematika fakultetinig “United” jamoasi -12 ochko

2- oʻrin Tarix fakultetining “Gerodot” -11 ochko

3- oʻrin Filologiya fakultetining “Cerebrum” -4 ochko

3- oʻrin Tabiiy fanlar fakultetining “Beruniy izdoshlari” -4 ochko

3- oʻrin Kompyuter injiniringi fakultetining “ATKIF” – 4 ochko

 

Mehmon jamoa sifatida Andijon davlat universiteti “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoasi ham ishtirok etdi va 4 ochko jamg‘ardi.

 G‘olib bo‘lgan fizika-matematika fakultetining "United" jamoasiga keyingi turgacha egalik qiladigan ko‘chma kubok topshirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.