Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABASI XALQARO TANLOV G’OLIBI
2021-05-10    948

2021-yil 6-9-may kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida "Marafon molodix talantov" xalqaro festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi. MDH davlatlari yosh iste’dodlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovda Andijon davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Xolmurodov Elmurod "Cholg‘u ijrochiligi: Qashqar rubobi (yakkaxon)" yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Iqtidorli talabamiz ustozi Odinaxon Ma’mirova boshchiligida o‘rgangan kompozitor Gadji Xanmamedovning "Konsert №3" asarini konsertmeyster Feruza Valioxunova jo‘rnavozligida yuksak mahorat bilan ijro etdi va  nufuzli hay’at a’zolarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Elmurod va uning ustozini gʻalaba bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.