Andijon Davlat
Universiteti
“QATAG‘ON QURBONLARI MUZEYLARINI NAMUNALI TASHKIL ETISH” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILDI
2021-04-30    1160

Xabaringiz bor, joriy yilning 16-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sultanov Xayritdin Madriddinovich universitetimizga tashrif buyurgan va universitet qoshida tashki etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bilan yaqindan tanishib chiqib, muzey faoliyati haqida iliq fikrlar bildirgan va ushbu muzey faoliyati bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish taklifini bergan edi.

Ushbu taklifga binoan bugun, 30-aprel kuni Andijon davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida “Qatag‘on qurbonlari muzeylarini namunali tashkil etish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Ushbu konferensiyada Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Nishanov Maxamadjon Sadikjanovich, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyorjon Hasanov, OTMlar rektorlari, tarixchi olimlar, respublikamizning turli xududlarida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi rahbarlari va qatag‘on qurbonlarining avlodlari ishtirok etdilar.

Dastavval, qatag‘on qurbonlarini xotirlash, ularga ehtirom ko‘rsatish maqsadida Qur’on tilovat o’qildi. Shundan so‘ng konferensiya o‘z ishini boshladi.

Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev barcha konferensiya ishtirokchilarini qutlab, o’z kirish so‘zi bilan konferensiyani ochib berdi. Shuningdek, konferensiyaga taklif etilgan mehmonlar Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Nishanov Maxamadjon Sadikjanovich va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyorjon Hasanovlar so’zga chiqib, so‘nggi yillarda mamalakatimizda muzeylar faoliyatini yaxshilash, bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, qolaversa, Andijon tarixini qayta tiklanishida, Andijon viloyatidagi qatag‘on qurbonlari haqida batafsil ma’lumot olishda Andijon davlat universiteti qoshida tashkil etilgan ushbu muzeyni o‘ziga xos o‘ringa ega ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Shundan so‘ng, Andijon davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi rahbari, tarix fanlari doktori, professor Rustamjon Shamsitdinov so‘zga chiqib, konferensiya ishtirokchilariga ushbu muzey haqida taqdimot o‘tkazdi. Tarixchi olim o‘z taqdimotida muzeydagi qo’lyozmalar, tarixiy ma‘lumotlar, muzeyda mavjud tarixiy obyektlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchilar muzeydagi eksponatlar va adabiyotlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

O‘ylaymizki, ajdodlarimizning o‘chmas xotirasi uchun tashkil etilgan ushbu muzey yana uzoq yillar xalqimizga va ayniqsa, yosh avlodga xizmat qilib keladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.