Andijon Davlat
Universiteti
INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRI LUG‘ATSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIK INNOVATSION MARKAZI BILAN TANISHDI
2021-04-29    922

Bugun, 29-aprel kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Andijon davlat universitetining chet tillar fakulteti qoshida tashkil etilgan Lug‘atshunoslik va tarjimashunoslik innovatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

Hozirda markaz tomonidan maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun terminologik lug‘at tuzish uchun material to‘planib, ular qayta ishlanmoqda. 11 ta tilli yangi algoritmli lug‘at tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dunyo ilmidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni o‘zbek tilida muntazam taqdim etish, yosh avlodni yangiliklardan xabardor etish maqsadida markazda xorijiy tillardagi ilmiy va badiiy adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligining grant mablag‘lari hisobiga hozirda markaz tomonidan Lug‘at va matn tarjimoni intellektual elektron platformasi yaratilmoqda.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.