Andijon Davlat
Universiteti
BU YORUG‘ DUNYODA O‘CHMAS CHIROG‘IM
2021-04-26    886

O'zbek adabiyoti shunday bir chamanzorki, uning bo'stonida gul ko'p, chechak ko'p. Bu bo'stonda bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Ana shunday shoirlardan biri, shubhasiz, O'zbekiston xalq shoiri, Andijonning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusufdir.

 

Muhammad Yusufning 67 yilligi munosabati bilan joylarda turli tadbirlar, anjumanlar va konferensiyalar tashkil etilmoqda. Joriy yil 26-aprel kuni, Andijon davlat universitetining Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat bo'limi rahbarligida Ijtimoiy-iqtisodiyot, Fizika-matematika, Filologiya hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarida faoliyat olib boruvchi professor o'qituvchilar va faol talabalar Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etdilar.

 

 Konferensiya davomida shoirning qabriga gul qo'yib, unga hurmat bajo keltirdilar. Shu bilan birgalikda Muhammad Yusuf uy muzeyida bo'lib shoirning ijodlari bilan yanada yaqindan tanishdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.