Andijon Davlat
Universiteti
KURASH BO‘YICHA “VAZIR KUBOGI” MUSOBAQALARI YAKUNIGA YETDI
2021-04-02    1934

Avval xabar berganimizdek, 31-mart – 2-aprel kunlari Toshkent davlat transport universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kurash sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.

Ushbu sport musobaqasida universitetimizning 15 nafar kurashchi talabalari ishtirok etdi. 31-mart kuni ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan baxslarda 48 kg vazn toifasida Ikromova Kohinurbonu Ahmadali qizi va 57 kg vazn toifasida Ma’mirjonova Zuhraxon Anvarjon qizi g‘oliblikka erishib, musobaqaning oltin medali sohibiga aylandi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan baxslarda  sportchimiz Abdulazizov Abdulaziz Rustamjon o‘g‘li 81 kg vazn toifasida raqibini yengib, universitet jamoasi hisobiga yana bitta oltin medalni qo‘shib qo‘ygan bo‘lsa, 60 kg vazn toifasida Usmonov Oybek Rustamjon o‘g‘li kumush, 73 kg vazn toifasida Nabiyev Furqatbek Faxriddin o‘g‘li bronza medali sohibiga aylandi.

1-aprel kuni ham qizg‘in baxslar bo‘lib o‘tdi. Ushbu baxslarda 87 kg vazn toifasida gilamga ko‘tarilgan sportchimiz Husanova Mohiniso halol uslubida raqibini yengib musobaqa oltin medaliga ega bo‘ldi.

Bugun, 2-aprel kuni musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib, o‘tdi. Ushbu marosimda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov shaxsan ishtirok etdi hamda g‘olib va sovrindorlarga medalarni topshirdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida 4 ta oltin, 1 ta bronza va 1 ta kumush medal olgan holda sportchilarimiz “Vazir kubogi” musobaqalarini 2-o‘rin bilan yakunladi.

Kurash sport turi bo‘yicha “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri kubogi” uchun o‘tkazilgan sport musobaqasining yakuniy natijalari bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.