Andijon Davlat
Universiteti
“ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q VA BO‘LMAGAY” MAVZUSIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2021-03-31    1907

31-mart kuni Andijon davlat universitetining ma’ruzalar zalida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati bo‘limi, "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom bilim yurti hamda Andijon viloyati IIB Terrorizm va eksterimizmga qarshi kurashish boshqarmasi mafkuraviy targ‘ibot guruhi bilan hamkorlikda “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.


Uchrashuvda DXX xodimi X.Abazov, "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi N.Jamolov, Viloyat IIB Terrorizm va eksterimizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari S.Nosirov, A.Hamroyev, universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori B.Rasulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Akbarov, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktorant, mustaqil izlanuvchi va stajor-taqiqotchilar ishtirok etdilar.


Tadbir ishtirokchilari bugun yurtimizda barcha sohalar qatori ilm-fan sohasiga alohida e’tibor qaratilayotganligiga to‘xtalib, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirib o’tdi. Bugungi globallashuv sharoitida jamiyatimizda sodir bo‘layotgan turli salbiy holatlarga – xalqimiz dunyoqarashiga yot bo‘lgan g‘oyalar, milliy ma’naviyatimizga zid keluvchi salbiy holatlarni turli yo‘llar bilan targ‘ib qilish orqali turli siyosiy partiya va diniy oqimlarga jalb qilishga oshkora va pinhona urunishlarni aniq misollar bilan tushuntirib berdilar.


Shuningdek, "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi N.Jamolov Islom dinida ilmga har doim ustuvor munosabatda bo‘linganini Qur’on oyatlari, hadislar va hayotiy misollar orqali yortib berdi.


Uchrashuvda “Islom olami va ilm-fan masalasi”ga oid maxsus videorolik namoyish etildi.


Tadbir so’ngida ilmiy izlanuvchilar o’zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan soha mutaxassislariga savol va takliflari bilan murojaat qildilar va hamkor tashkilotlar tomonidan savollarga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.