Andijon Davlat
Universiteti
YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHRILMOQDA
2021-03-11    1989

Bugun, 11-mart kuni Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining majlislar zalida yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan qonun va qarorlar haqida ma’lumot berish maqsadida “Sud va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda jinoyat ishlari bo‘yicha Bo'ston tumani sudi sudyasi X.Kamolov va Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosari S.A.Ismailov, professor-o’qituvchilar hamda fakultet talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sudlar faoliyatiga oid yangi qonun va qonun osti hujjatlar mazmun-mohiyati haqida yoshlarga tushunchalar berildi.

Uchrashuv davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirokchilarga murojaat qildilar hamda o’zlari uchun kerakli ma’lumotlarni oldilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.