Andijon Davlat
Universiteti
IJARADA TURUVCHI TALABALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2021-03-04    1342

Joriy yilning 3-mart kuni Tabiiy fanlar fakulteti YoBIBDO‘, guruh murabbiylari hamda bugun 4-mart kuni Maktabgacha ta’lim fakulteti YoBIBDO‘, fakultet guruh murabbiylar kengashi raisi va guruh murabbiylari ijara asosida turuvchi talabalarni yashash sharoiti, ularning turmush tarzi hamda yaratilgan sharoit bilan tanishish, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida talabalarning ijara xonadonlariga bordilar.

Talaba-yoshlarga xavfsizlik qoidalariga amal qilish, sog'lom turmush tarziga rioya etish haqida yana bir bor tushunchalar berildi.

Shuningdek, mahalla va OTM hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida MFY raislari bilan uchrashib, ijarada turuvchi talaba-yoshlar haqida ma’lumot berdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.