Andijon Davlat
Universiteti
2-SONLI TALABALAR TURAR JOYIDA “ORASTA QIZLAR” KO’RIK-TANLOVI O’TKAZILDI
2021-03-03    1587

Bugun, 3-mart kuni Andijon davlat universitetining 2-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “8-mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan 2-son TTJda yashovchi talaba-qizlar o’rtasida “Orasta qizlar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Koʻrik-tanlov davomida qizlar pazandachilik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, oʻz qiziqishlari va ijodkorlik mahoratlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Koʻtarinki va bayramona ruhda oʻtgan koʻrik-tanlov soʻnggida ishtirokchi qizlarning barchasi universitet rahbariyati hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushma qoʻmitasining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar:

Tanlov natijalariga ko’ra, 1-o’rinni Fizika-matematika fakulteti 2-kurs talabasi Akbaraliyeva Jumagul egalladi. Tabiiy fanlar fakulteti 1-kurs talabasi Patidinova Namuna 2-o’rinni egallagan bo’lsa, Tarix fakulteti 1-kurs talabasi Sayfutdinova Xurshida 3-o’ringa loyiq deb topildi.

 

Ushbu tanlov universitetning boshqa TTJlarida ham o’tkazilmoqda.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.