Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI "ZULFIYA" DAVLAT MUKOFOTI SOHIBASI
2021-03-03    1428

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.

Unga koʻra, aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun 28 nafar qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi ularning safida Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi Gulhayoxon Radjiyeva ham bor.

Ushbu mukofot bilan Gulhayoning ota-onasini va ta'lim bergan ustozlarini tabriklaymiz! Talabamizga esa kelgusi ishlarida zafar va omadlar tilaymiz.

Eslatib o'tamiz, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.