Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA SIYOSIY PARTIYALAR, MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI VA OAV VAKILLARI UCHUN O’QUV KURSLARI O’TKAZILMOQDA
2021-03-01    1687

Bugun, 1-mart kuni universitetimiz Axborot resurs markazida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligi, siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va vazifalari hamda saylov jarayonlarini yoritishning oʻziga xos xususiyatlarini zamonaviy pedagogik va interfaol usullardan foydalangan holda yetkazish maqsadida siyosiy partiyalar va OAV vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun o’quv kurslari faoliyat boshladi.

Mazkur oʻquv kurslari mart-may oylarida turli tashkilot va idoralar tizimidan malakali olim va mutaxassislar maʼruzachi va trenerni jalb etgan holda o’tkaziladi.

Oʻquv kursining birinchi kunida tajribali mutaxassis va trenerlar tomonidan  “Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati”, “Siyosiy partiyalarning tashkiliy-huquqiy asoslari” kabi ustuvor yoʻnalishlarda maʼruza va treninglar tashkil etildi.

Oʻquv kurslarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni, uning tashkiliy va huquqiy jihatlari, saylov qonunchilik asoslari, hududlar va sohalardagi mavjud muammolar va ularni hal etishda siyosiy partiya faoliyati taʼsirchanligini oshirish, siyosiy partiyalarning zamonaviy siyosiy texnologiyalardan foydalanish, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni oʻrganish va hal qilish usullari kabilarga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻquv kurslari siyosiy partiyalar va ular faoliyatini yoritishga ixtisoslashgan OAV vakillari, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari aʼzolari uchun har jihatdan foydali boʻlib, ularga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida yanada tahliliy maʼlumotlarni oʻzlashtirish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, tinglovchilarni qiziqtirayotgan muammoli masalalarga yechim topishga koʻmaklashadi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.