Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON VILOYATIDAGI TA'LIM MUASSASALARI FAOLIYATI TANQIDIY-TAHLILIY O'RGANILDI
2021-03-01    2129

Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalari faoliyatini o’rganish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig’i Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich Andijon viloyatiga keldi.


Bugun, 1-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich raisligida Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalari faoliyatini tanqidiy-tahliliy o’rganishga doir muhokama yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishda Andijon viloyati hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyat mudiri Elyorbek Holmirzayev, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori Ayubxon Rajiyev, viloyatda faoliyat yuritayotgan OTM rektorlari, prorektorlari, dekanlar hamda kafedra mudirlari, viloyat xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim bo’limlari boshliqlari, tuman hokimlarining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari ishtirok etdilar.

Yig’ilishda Andijon viloyati hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyat mudiri Elyorbek Holmirzayev so’ngi yillarda Andijon viloyatida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida yig’ilganlarga ma’lumot berib o’tdi. Shundan so’ng, Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig’i Ulug‘bek Tashkenbayev so’z olib, viloyat ta’lim muassasalari faoliyatini o’rganish davomida aniqlangan yutuq va kamchiliklar haqida ma’lumot berib kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tanbex berildi.

Yig’ilish so’ngida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha viloyatda kelgusida qilinishi kerak bo’lgan ishlar, o’qituvchilar malakasini oshirish va viloyatdagi ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bu borada Andijon namunasini yaratish bo’yicha “Yo’l xaritasini” tuzish bo’yicha kelishib olindi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.