Andijon Davlat
Universiteti
PROFESSOR RUSTAMJON SHAMSUTDINOV SHARAFIGA FAN OLIMPIADASI O'TKAZILDI
2021-02-27    1443

Xabaringiz bor, Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan anʼanaviy tarzda Andijon viloyatidan yetishib chiqqan olim, professor hamda akademiklar sharafiga viloyat fan olimpiadalari oʻtkazib kelinmoqda.

Mazkur fan olimpiadalarining davomi sifatida joriy yilning 27-fevral kuni Oʻzbekiston tarixi fanining yetuk olimlaridan biri, tarix fanlari doktori, professor Rustamjon Shamsutdinov sharafiga oʻtkazilgan tarix fan olimpiadasi ham murosasiz bahslarga boy boʻldi. Olimpiada bahslarining tuman(shahar) bosqichlarida ishtirok etgan 2150 nafardan yoshlar ichida gʻoliblikni qoʻlgan kiritgan 240 nafar yosh tarixchilar oʻz bilim va tafakkurlarini sinovdan oʻtkazdilar.


Sovrin jamgʻarmasi 7,2 million soʻmni tashkil etuvchi mazkur olimpiadaning yakuniy natijalariga koʻra 3 yosh toifasida, 18 nafar gʻolib deb topilgan oʻquvchilar pul mukofotlari ragʻbatlantirildilar. Shuningdek, gʻoliblarga professor R.Shamsutdinov muallifligidagi nodir kitoblar jamlanmalari ham taqdim etildi.

Andijon viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.