Andijon Davlat
Universiteti
YOSH IJODKORLAR BILAN ADABIY KECHA TASHKIL ETILDI
2021-02-24    2535

Bugun 24-fevral kuni Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi qoshida "Goʻzal yozgʻichlar" adabiy toʻgaragi hamda filologiya fakulteti talabasi Firdavs Shokirov tashabbusi bilan adabiy kecha tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi qoshidagi ijodkorlar klubining hassos shoir va shoiralari Abdurahim Abdiyev va Tursunoy Ashuraliyevalar ishtirok etdilar. Uchrashuvda toʻgarak rahbari Jamoliddin Yoqubov, filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Abduhalim Ergashevlar soʻz olib, hozirgi adabiy jarayon, "Goʻzal yozgʻichlar" toʻgaragining faoliyati, talabalarning ijodiy ishlari haqida oʻz fikrlarini bayon etdilar.

Tashrif buyurgan mehmon ijodkorlar ijodini tinglash bilan boshlangan kecha chinakam mushoiraga aylandi. Firdavs Shokirov, Sardorbek Karimov, Sarvinoz Abdurahmonova, Oyshaxon Otoxonova, Madina Sadriddinova, Muhammadali Solijonov, qolaversa, o’qituvchi hamda ARM xodimlari oʻzlari va mashhur shoirlarning ijodidan sheʼrlar oʻqidilar. Samimiy va ijodiy ruhda oʻtkazilgan uchrashuv soʻngida davraga yigʻilgan ustozlar va ijodkorlar suhbat uchun, adabiy muloqot uchun tashakkur aytdilar. Abduhalim Ergashev tomonidan mehmon ijodkorlarga sovgʻalar topshirildi.

Mohinur Dilmurodova
Filologiya fakulteti matbuot kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.