Andijon Davlat
Universiteti
HARBIY IMTIYOZGA EGA TALABALAR 35 FOIZLI MODDIY YORDAM UCHUN TEST TOPSHIRDILAR
2021-02-24    2065

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-213-sonli qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tab, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan, o‘qish davrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida faol ishtirok etayotgan talablarni kontrakt summasining 35 foizini to‘lov tariqasida moddiy yordam ko‘rsatish belgilangan edi.

Bugun, 24-fevral kuni Andijon davlat universitetida 2020-2021 o‘quv yili uchun tavsiyaga talabgor talabalar o‘rtasida test sinovlari o’tkazildi.

Universitetimizda bu yil ushbu tavsiya uchun 220 nafar talabgor hujjatlarini topshirdi.

Test jarayonlari 2 smenada tashkil etildi. Test sinovlarini adolatli va  shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi bo’lim boshliqlari Nozimjon Pozilov, Baxtiyor Norqobilov, Akmal Tangriqulovlar nazorat olib bordi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.