Andijon Davlat
Universiteti
AKADEMIK SOTIBOLDI RAXIMOVICH RAHIMOV XOTIRASIGA BAGʻISHLAB FAN OLIMPIADASI O’TKAZILDI
2021-02-20    1552

Bugun, 20-fevral kuni Asaka tumani Fayzobod qishlogʻida joylashgan, tuman XTBga qarashli 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabida filologiya fanlari doktori, professor, “Antik dunyo” akademiyasi akademigi Sotiboldi Raximovich Rahimov xotirasiga bagʻishlangan viloyat o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadasi oʻtkazildi.

 

Viloyat XTB tomonidan tashkil etilgan tadbirda 200 dan ortiq oʻquvchilar, tumanlardan tashrif buyurgan yetakchi oʻqituvchilar va Andijon davlat universiteti chet tillar fakultetidan ustozning doʻstlari va doimo ustoz bilan birga yurgan shogirdlari ishtirok etdilar. Olimpiadaning ochilish marosimida ustozning oila aʼzolari bilan birga uning safdoshlar va shogirdlari ham qatnashdilar.

Chet tillari fakulteti fransuz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi A. Mamadaliyev va Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent V. Vositovlar soʻzga chiqib, ustoz haqida iliq fikrlar bildirdilar. Tadbir soʻngida ustozning ruxlarini shod etdilar va Qur'on tilovot qildilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.