Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABALARI “BOBURSHUNOS TADQIQOTCHILAR” TANLOVI G'OLIBI BO'LDI
2021-02-17    2271

Bugun 17-fevral kuni viloyat kasaba uyushmalari zalida O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo'limi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligi munosabati bilan  “Boburshunos tadqiqotchilar” tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi yoshlar qanoti faollaridan iborat 16 ta jamoalar o'zaro bellashdilar. Tanlov 3 shart asosida o'tdi. Jamoalar har bir shartda o'zlarining Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqidagi bilmlarini sinovdan o'tkazdilar.  

Ushbu tanlovda universitetimizning 6 nafar talabasi ham Andijon shahar Kengashi nomidan munosib ishtirok etib tanlov g'olibi bo'ldi. G'oliblar tashkilotchilarning qimmat baho sovg'alari, diplom hamda 1 mln.lik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

 

Ushbu g'alaba bilan talaba yoshlarimizni tabriklaymiz keyingi ishlarida zafarlar yor bo'lsin!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.