Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ JAMOASI "ZAKOVAT"DA G'OLIB BO'LDI
2021-02-15    1609

Bugun, 15-fevral kuni viloyat Yoshlar Markazida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Andijon yoshlarni birlashtiradi!” shiori ostida talabalar festivali doirasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa shoh va shior Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan tashkil etilib, unda viloyatdagi 5 ta oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro bellashdilar.

11 raund davom etgan mazkur musobaqada Andijon davlat universitetining “Universal” jamoasi 1-o‘rinni, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutining “Agroliders” jamoasi 2-o‘rinni, Andijon davlat tibbiyot instiutining “Medias” va Andijon mashinasozlik institutining jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.