Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET REKTORI TALABALAR TURAR JOYIGA TASHRIF BUYURDI
2021-02-05    1587

Bugun, 5-fevral kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev va yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Azamjon Hamraqulov Andijon davlat universitetiga qarashli 4- va 5-son talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda yashayotgan universitet talabalarning hayoti va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Universitet rektori dastavval, talabalar turar joyiga tashrifi davomida bu yerda koronovirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, xonalarni issiqlik bilan taʼminlanganlik darajasi, talabalarni qiynayotgan muammolar, oshxona va kutubxonalar faoliyati hamda yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 muhim tashabbus bo’yicha tashkil etilgan xonalar holati va  yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Rektor talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan xonama-xona yurib isitish tizimi sozligini oʻrgandi. Har bir talaba bilan uchrashib, koronovirus infeksiyasidan saqlanish qoidalari xususida suhbat qildi, talabalarning taklif va istaklari bilan qiziqdi.

Shu kuni, rektor talabalar turar joyi uchun umumiy masalalar boʻyicha talabalar hamda ishchi hodimlari bilan suhbatlashib, talabalarni kunlik oziq-ovqat, gigiyena vositalari hamda maishiy ehtiyojlari uchun zarur jihozlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.