Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA NAZM VA NAVO KECHASI O'TKAZILDI
2021-02-05    1484

Bashariyatdagi har bir millatda bir yoki bir necha shunday ulugʻ farzandlari boʻladiki, ular Alloh ato etgan buyuk gʻayrat, mislsiz iroda, teran aql-idrok va ezgu axloq-odoblari bilan shu xalq bayroqlari kabi muqaddas timsollarga aylanadilar. Ular andozalarga sigʻmaydigan ulugʻ xizmatlari tufayli el tomonidan boshga koʻtariladi, eʼzozlanadi, asrlar, hatto ming yilliklar davomida qadrlanadi. Alisher Navoiy ana shunday zotlardan edi. Shu kunlarda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi butun respublikamiz bo’ylab ko’tarinki ruhda nishonlanmoqda.


Bugun, 5-fevral kuni Andijon davlat universitetida ham so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan nazm va navo kechasi o’tkazildi. San’atshunoslik va Filologiya fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda universitet rektori Akramjon Yuldashev, Milliy Gvardiya Andijon viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchisi kapitan Zullunov Muhammadzar, professor o’qituvchilar, harbiy xizmatchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.


Tadbirni Akramjon Sultanmurodovich Yuldashev kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng, tadbirning asosiy qismi boshlandi. “Nihol” ansabli Navoiy g’azallari asosida bastalangan qo’shiqlarni ijro etdilar. San’atshunoslik fakulteti talabalari Homidov Shaxboz, Rahmonov Fazliddin, Mirzaolimova Go’zaloy, Usmonova Oyistalar tomonidan ijro etilgan kuy qo’shiqlar yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi. Filologiya fakulteti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan Alisher Navoiy hayotiga oid sahna asarlari va talabalar tomonidan aytilgan Navoiy g’azallari ushbu tadbirni bezadi. Ayniqsa, 12-musiqa va san’at maktabi o’quvchisi Uraimova Zebo tomonida ijro etilgan raqs barchaga birdek manzur keldi.


Tadbirda ishtirok etayotgan Milliy Gvardiya Andijon viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchisi kapitan Zullunov Muhammadzar so’zga chiqib, ushbu tadbirni tashkillashtirgani uchun Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashevga Milliy Gvardiya Andijon viloyat boshqarmasi boshlig’ining tashakkurnomasini topshirdi.


Tadbir so’ngida Filologiya fakulteti dekani Bahodir Rahmonov barcha talabalarga bugungi ijro va tashkillashtirishdagi faollik uchun minadorchilik bildirib, bunday nazm va navo kechalari yana davom etishini ta’kidlab unda barchani faol bo’lishga chaqirdi. Barcha ishtirokchilarga universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev Alisher Navoiyning “Hamsa” kitobini sovg’a qildi.


Shuningdek, sana munosabati bilan universitetimizda kitoblar aksiyasi o’tkazildi. Aksiya doirasida universitet kirish qismida sayyor kitob savdolari yo’lga qo’yildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.