Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA “NAFOSAT-2021” RESPUBLIKA FESTIVALI DOIRASIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2021-02-05    1670

Respublikamiz boʻylab davom etayotgan “Nafosat -2021” respublika festivalining keyingi manzili Andijon viloyati boʻldi. Festival doirasida 4-fevral kuni Andijon davlat universitetida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Senatining xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi bosh maslahatchisi Nodiraxon Shotursunova, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi mutaxasisi Toʻlinoy Qodirova, “Xadichai kubro” ayol qizlar oʻrta maxsus islom bilim yurti rahbari Nozima Ibragimova, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi yangi dizaynerlik ishlari joriy etish boʻlimi boshligʻi Kamola Gulyamova hamda Andijon viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi oʻrinbosari Shahlo Soliyeva hamda viloyatimiz OTMlarining 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan faol va tashabbuskor talaba-qizlari bilan bir qatorda professor oʻqituvchilar ham ishtirok etdilar.

Mehmonlar dastlab milliy kiyimlar va qoʻl mehnati na'munalari koʻrgazmasi, talaba qizlar tomonidan chizilgan tasviriy san'at asarlari galereyasini tomosha qilib, ijodkorlar bilan samimiy suhbat qurdilar. Musiqa ta’limi yoʻnalishi talaba qizlari tomonidan ijro etilgan diltortar navolar esa mehmonlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Universitet katta majlislar zalida festivalning asosiy tadbiri boshlandi. Shu kuni respublika yoshlarining kiyinish madaniyati haqidagi fikrini oʻrganish maqsadida zalda yig’ilgan qizlar oʻrtasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan anonim soʻrovnoma oʻtkazildi.

Shundan soʻng, tashrif buyurgan mehmonlar talaba qizlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib bordilar. Andijon viloyati hokimligining xotin-qizlar masalalari boʻyicha kotibyat mudirasi Mavluda Sheraliyeva oʻtkazilaytogan festival mazmuni haqida ma’lumot berib, mehmonlarni tanishtirib oʻtdi.

Shundan so‘ng, Nodiraxon Shotursunova soʻz olib, Oʻzbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolatlar, bugun Oʻzbekistondagi islohotlar inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga etarlicha ahamiyat berilmayotgani haqida gapirdi va bu borada talabalar fikrini o’rgandi.

Davra suhbatida “Xadichai kubro” ayol-qizlar oʻrta maxsus islom bilim yurti rahbari Nozima Ibragimova ham so’zga chiqib, xotin-qizlarni kiyinish madaniyati borasidagi qarashlari va ro’mol o’rashga oid bo’lgan ayrim ma’lumotlarni berdi.

Ochiq va samimiy ruhda o’tgan davra suhbatida Andijon davlat universiteti chet tillari fakulteti o’qituvchisi Xurshida Azamjonova, ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti talabasi Xusniyo Jonibekova hamda boshqa talaba-qizlar ham o’z fikr va mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.