Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA “DIGITAL SCIENCE” INKUBATSIYA VA AKSELERATSIYA MARKAZI ISH BOSHLADI
2021-02-02    1811

Bugun, 2-fevral kuni Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida “Digital city” (IT-park) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Digital science” inkubatsiya va akseleratsiya markazining ochilishi bo’lib o’tdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshkarmasi boshligʻi Ziyodulla Samatov, Andijon davlat universitetining axborot texnologiyalari bo’yicha prorektori Madaminjon Mahkamov, IT sohasiga qiziquvchi talaba-yoshlar, professor-o’qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Dastavval universitetimiz magistratura bosqichi talabalari Muhammadxon Mahmudov, Abdumalikov Abduqodir va 4-bosqich talabasi Ilhomjon Abduraimovlar tomonidan ixtiro qilingan o’zi yo’l topuvchi, belgilangan yo’l bo’yicha yuruvchi, ikki oyoqlik robotlar hamda aqlli uy loyihalari taqdimoti o’tkazildi. Ushbu robototexnikalar namoyishi yig’ilganlarda katta tassurot qoldirdi.

Shundan so’ng, “Digital science” inkubatsiya va akseleratsiya markazining qizil tasmalari tanatanli kesildi. Ochilish marosimini Andijon davlat universitetining axborot texnologiyalari bo’yicha prorektori Madaminjon Mahkamov kirish so’zi bilan ochib berdi va ushbu markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirib chiqdi.

Markazda eng so‘nggi rusumdagi 15 ta kompyuter jamlanmasi va dasturiy ta'minot vositalari, multimedia jihozlari bilan ta'minlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshkarmasi boshligʻi Ziyodulla Samatov markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi. Ziyodulla Samatov “Digital city” (IT-park) va Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, talabalarni qiziqish va istaklaridan kelib chiqib IT sohasiga qiziquvchi talaba qizlar uchun 10 ta grand ajratilishini ma’lum qildi. Maxsus suhbat asosida saralab olingan 10 nafar talaba qizlar “Digital city” (IT-park) da malakali mutaxassislar tomonidan 6 oy o’qitilishi va salohiyatiga qarab ish bilan ham ta’minlanishini bildirdi.

Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchilari Nurmuhammad Alimqulov, Muslimbek Olimov, Maxsudbek Jo’raboyev, magistratura bosqichi talabalari Muhammadxon Mahmudov, Abduqodir Abdumalikovlar talabalarga va tashrif buyurganlarga o’zlari tomonidan yaratilgan ixtirolar va dasturlari haqida ma’lumot berib taqdimotlarini o’tkazdi.

Kelgusida ushbu markazda IT sohasiga qiziquvchi talabalar uchun bepul mashg‘ulotlar, musobaqa va seminarlar o‘tkaziladi. Shuningdek, universitet talabalarining "startup" larini yuzaga chiqarish, ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga yordam beradi.

Oliy oquv yurtlari qoshidagi inkubatsiya markazlari yoshlarga boshlangich tizim haqida asosiy va fundamental bilimlar berish bilan bir qatorda, ularga o`zlarini axborot texnologiyalari sohasida tadbirkor sifatida namoyon etishlariga yordam beradi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.