Andijon Davlat
Universiteti
TEATR-BU IBRATXONADIR
2021-02-02    6966

"Teatr-bu ibratxonadir" degan edi marifatparvar Mahmudxo'ja Bexbudiy. Darhaqiqat, teatr ibrat va ma'naviyat maskani. Yoshlarimiz ma'naviyatini yuksaltirish ularda vatanparvarlik tuyg'usini shakillantirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bugun, 2-fevral kuni Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti talabalari Zahiriddin Muhammad Bobur nomli drama teatriga tashrif buyurdilar. Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Nurmatov boshchiligida talabalar  "Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi" nomli spektaklni tomosha qildilar.

Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.

Ushbu spektakl yoshlarni tarixiy, ma'naviy boyligini oshirdi desak mubolag'a bo'maydi. Akyorlarni mahoratini, sahna bezaklari va qadimgi tarixiy muhitni yarataolishgani barcha tomoshabinlarni ko'nglidan joy oldi.

Hilola Yuldasheva
Pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.