Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ DOKTORANTI “YANGI OʻZBEKISTONNING ISTEʼDODLI YOSHLARI” NOMLI YILNING ENG YAXSHI MAQOLASI TANLOVIDA GʻOLIB BOʻLDI
2021-01-28    1454

Andijon davlat universiteti doktoranti Mirzaahmedova Jumagul Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida ikki yildan buyon talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar oʻrtasida “Yangi Oʻzbekistonning isteʼdodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovida gʻolib boʻldi.

Joriy yilgi tanlovga 500 dan ortiq ilmiy maqola kelib tushgan boʻlib, ekspertlar xulosasi asosida shulardan 44 ta eng yaxshi maqola tanlandi va bular asosida “Yangi Oʻzbekistonning isteʼdodli yoshlari” nomli ikkinchi kitob chop etildi.

Ahamiyatli jihati, kitobdagi sohalar boʻyicha 10 ta eng yaxshi maqola aniqlanib, ular orasida yosh doktorantimiz “Matematicheskoye modelirovaniye dvijeniya sistem, ustoychivost kotorыx izuchayetsya” nomli maqolasi bilan matematika sohasidagi eng yaxshi ilmiy maqola deb topilgan va Oʻzbekiston Respublikasi isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi. Mazkur kitob Oliy attestatsiya komissiyasi eʼtirof etgan ilmiy nashrlar qatoriga kiritildi.

Bugun, 28-yanvar kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida tanlovning bu yilgi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tanlov gʻoliblari tashkilotchilarning sertifikati, kitoblar toʻplami hamda planshet bilan ham taqdirlandi.

Talabalar va yosh olimlarni ragʻbatlantirish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga koʻmaklashuvchi mazkur tanlov ularning ilmiy faoliyatga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.