Andijon Davlat
Universiteti
2020/2021-OʻQUV YILIDA OLIY VA PROFESSIONAL TAʼLIM MUASSASALARIDA TOʻLOV-KONTRAKT MIQDORI OSHIRILMAYDI
2021-01-28    1416

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 2021-yil 21-yanvardagi 9-son bayoniga (01-07/1-1400-son, 21.01.2021-y.) muvofiq:

✅Koronavirus pandemiyasi sababli respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini inobatga olib, oliy va professional taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan va taxsil olayotgan talabalar va oʻquvchilarning oʻqishi bilan bogʻliq toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori 2020/2021 oʻquv yilida oʻzgarmasligi (oshirilmasligi) belgilandi;

✅Shuningdek, koʻpchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari murojaatlarini inobatga olib, oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga talabalikka tavsiya etilib, belgilangan toʻlov-kontrakt mablagʻlarini kisman toʻlagan, magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov xaqini kamida 50 foizini hamda toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 1-fevrali etib belgilandi.

Eslatma: mazkur muddatlar boshqa uzaytirilmasiligini inobatga olib, toʻlovlarni belgilangan muddatda amalga oshirish choralarini koʻrishingiz soʻraladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.