Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI O'QITUVCHISI XALQARO TANLOV G'OLIBI
2021-01-26    1437

2021-yil 20-yanvar kuni Fransiyaning Parij shahrida www.intercompetitions.com sayti tomonidan o’tkazilgan “Xalqaro iste’dodlar” onlayn tanlovida ishtirok etgan Andijon davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti dotsent vazifasini bajaruvchi Botirova Xilola Tursunboyevna mohir derijyor nominatsiyasi bo‘yicha butun xalqaro derijyorlar bilan bellashib 1-o'rin laureati bo’ldi.

Yangi zafarlar bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz. Ushbu yutuqlarning asl nusxalari Parij shahridan xalqaro pochta orqali o'z egalariga yetkaziladi.

Ma’lumot uchun, Botirova Hilola Tursunboyevna 2011-2021 yillar oralig’ida “Syuita” o‘quv – uslubiy qo‘llanmasini, “Musiqa tarixi”, “Bolalar qo‘shiqchiligi ijodiyoti”, “Notani varaqdan o‘qish” fanlaridan ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun  ishlanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar yaratgan.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.