Andijon Davlat
Universiteti
PEDAGOGIKA FAKULTETI TALABALARI TOMONIDAN CHIZILGAN RASMLAR KO'RGAZMASI O'TKAZILDI
2021-01-23    1589

Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbusning ijrosini ta’minlash, yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish  hamda ularning iste’dod va iqtidorlarini ro’yobga chiqarish maqsadida Andijon davlat universiteti Pedagogika fakultetida 23-yanvar kuni ko’rgazma tashkil qilindi.

"Мир глазами молодежи" (Dunyo yoshlar nigohida") nomli ko'rgazmada guruh murabbiyi Nurmanova Zeboxon boshchiligida 2-bosqich 207-guruh talabalari Yakubova Shaxnoza, Ilhombekova Sarvinoz, Urazbaxtina Milanalar o'z ijod na’munalarini namoyish etdilar.

Rassomchilikning turli xil yo’nalishlarini aks ettirgan chizmalar barchani e’tiboriga sazovor bodi. Akvarel rasmlar, peyzaj, portretlar, yangi uslubdagi portret dizaynlari va handmade yo'nalishidagi rasmlar chizmachilik taxtasida joy oldi.

"Har tomonlama yetuk, iste'dodli yoshlarimiz bor ekan ularni qo’llab-quvvatlaymiz. Talabalarimizni chizmalarini ko'rib quvondik, biz ishonamizki kelajakda buyuk rassomlar aynan bizni talabalar bo'lishiga!"-deya ta'kidlab o'tdi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti Xaydarova Nasiba Adxamovna.

Ko'rgazma yakunida Pedagogika fakulteti dekani M.To'rayev barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligini bildirdi va kelgusi ishlariga omad tilagan holda so'zini yakunladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.