Andijon Davlat
Universiteti
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETIDA BOLALAR BOG’CHASI ISH BOSHLADI
2020-12-28    2156

Bugun, 28-dekabr kuni universitetimizning Maktabgacha ta’lim fakultetida bolalar bog’chasi ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

2018 yildan boshlab maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim va tarbiyaning poydevori qo’yiladigan muassasalardagi kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish, tizimdagi muammolarni tizimli hal etish bo’yicha kompleks ishlar boshlandi. Shu munosabat bilan 2019-yilda universitetimizda ham alohida Maktabgacha ta’lim fakulteti tashkil etilgan edi.

Yil boshida ushbu fakultet yangi binosining ochilish marosimida universitet rektori Akramjon Yuldashev fakultet talabalarining olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab borishini ta’minlash uchun fakultet qoshida kichik bolalar bog’chasini ochish taklifini bildirgandi. Ushbu taklif qisqa muddatlarda fakultet dekani Ziyodaxon Azimova tomonidan amalga oshirildi.

Kuni kecha universitet rektori ishtirokida fakultetda 25 o’ringa mo’ljallangan bolalar bog’chasining ochilish marosimi o’tkazildi. Bolalar bog’chasida talabalar uchun amaliy darslar tashkil etish, kichik maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi, fiziologiyasini o’rganish va boshqa ko’nikmalar olishda xizmat qiladi.

Ushbu bog'chaning ochilish marosimi bolajonlar uchun haqiqiy yangi yil bayrami tantanalariga aylandi. Qorbobo va qorqizning bayramga kelishi, bayram qo'shiqlari va she'rlari ijro etilishi va albatta barchaga ulashilgan yangi yil sovg'alari bolajonlarni hushnud qildi.

Bundan tashqari, fakultet o’qituvchilari hamda talabalari farzandlarini shu bolalar bog’chasiga berishlari mumkin va bu ularga katta qulaylik yaratadi.

Bolalar bog’chasi barcha sharoitlarga ega, bolalarga qo’shimcha ravishda ingliz va rus tillari o’rgatiladi.   

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.