Andijon Davlat
Universiteti
YOSHLAR MEDIA MARKAZI A'ZOLARI UCHUN O'QUV-SEMINARI TASHKIL ETILDI
2020-12-26    1952

Andijon davlat universiteti hayotiga oid yangiliklar, muhim xabarlarni media makonda keng targ‘ib qilish, imijini oshirish hamda universitet talabalari uchun sifatli mediakontentni shakllantirish maqsadida "Andijon davlat universiteti yoshlar media markazi" tashkil etildi. Ushbu media markaz a'zoligi uchun kasting e'lon qilinib, unda 60 dan ortiq talabalar qatnashdilar va ularning 20 nafari a'zolikka qabul qilindi.

Joriy yilning 22-24 dekabr kunlari mazkur markazga qabul qilingan a'zolarga jurnalistikaning eng asosiy qoidalari hamda sifatli mediakontentni shakllantirishning muhim jihatlarini o‘rgatish maqsadida "Yoshlardan yoshlarga" shiori ostida 3 kunlik o'quv seminar mashg‘ulotlari o'tkazildi. Mashg‘ulotlarga viloyatning ko‘zga ko‘ringan jurnalistlari, soha mutaxassislari jalb etildi.

O‘quv-seminarni Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor Madaminjon Mahkamov ochib berdi.

Shundan so'ng, dasturga muvofiq Andijon yosh jurnalistlar maktabi rahbari, "Andijonnoma" gazetasi muhariri, taniqli jurnalist Najmiddin Ikromiy markaz a'zolariga jurnalistikaga kirish, kasb etikasi bo'yicha nazariy tushunchalar berdi, berilgan bilimlar asosida amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi. Amaliy mashg‘ulotlarda har bir ishtirokchining yozgan ishlari tahlil qilinib, mutaxassis tomonidan ularga tegishli maslahatlar berildi.

Shuningdek, seminar treninglar davomida "Ishonch" gazetasi hamda xabar.uz internet mashrining Andijon viloyatidag muhbiri Nurillo No'monov xabar va yangilikni farqli jihatlari, maqolani nomlash bo‘yicha trening mashg‘ulotlari o‘tkazib, soha bo‘yicha o‘qish lozim bo‘lgan adabiyotlarni birma-bir tahlil qilib berdi. daryo.uz internet nashri Andijon viloyatidagi muhbiri Umidjon Mamarasulov esa talaba yoshlarga ma'lumotlarni nashrga tayyorlash, yolg'on va soxta xabarlarni ajratish, feyklarni aniqlash yuzasidan amaliy mashg‘ulot olib bordi.

O‘quv seminarining so‘nggi Diydor radiosi suhandoni Baxtiyor Mo'minov radiosuxandonlik va notiqlik san'ati, madaniyati, ovoz bilan ishlash texnikasi, kamera qarshisida ishlash bo'yicha o'zining bilim va tajribalarini yoshlar bilan bo'lishdi.

Talabalar uch kunlik mahorat darslari va treninglar davomida o'zlari uchun kerakli bo‘lgan boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarmi o‘zlashtirdilar, mutaxasisslardan sohaga oid muhim savollarga javoblar olishdi.

Yoshlar media markazi a'zolari uchun mediasavodxonlik bo'yicha tashkil etilgan 12 soatlik o'quv seminari yakunida ishtirokchilarga a'zolik guvohnomalari va sertifikatlar taqdim etildi.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati seminar treningda mahorat darslari bilan ishtirok etgan Najmiddin Ikromiy, Nurillo No‘monov, Umidjon Mamarasulov hamda Baxtiyor Mo‘minovlarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini izhor etadi va kelajakda hamkorlikni yanada rivojlantirishga tilakdosh ekanini bildirib o‘tadi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.