Andijon Davlat
Universiteti
“BIZ XECH KIMDAN KAM  EMASMIZ!” XAYRIYA AKSIYASI
2020-12-03    1733

Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning toʻlaqonli aʼzosi ekanliklarini koʻrsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilayotgani, buni Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonning imzolangani misolida ham koʻrish mumkinligi taʼkidlandi.

Bugun, 2020-yil 3-dekabr kuni Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov boshchiligida, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchi talabalari ishtirokida Andijon shahridagi Ekin tikin, Chorbogʻ mahallalarida 3-dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan 5 nafar imkoniyati cheklangan xonadonlarga borib, ularga maʼnaviy va moddiy koʻmak ishlari amalga oshirildi.

Fakultet anʼanasiga aylanib qolgan xayriya tadbirlari davomida  “Fuqarolik jamiyati nazariyasi” kafedrasi oʻqituvchilari R.Qayumova va M.Nosirova boshchiligida 105-205 guruh talabalari guruh murabbiylari F.Isaqova, G.Mamasoliyevalar Andijon viloyati Izboskan tumani Chuvama nogironligi bor ayollar muruvvat uyida “Muruvvat kuni” xayriya tadbiri tashkil etdilar.

 

“Muruvvat uyi”da  312 nafar 1 va 2 guruh nogironligi  bor ruhiy kasallikka chalingan xotin-qizlar istiqomat qiladi. Bugungi universitet tarix fakulteti 105 va 205-guruh talabalari tomonidan “Xalqaro nogironlar kuni”ga bagʻishlab oʻtkazilgan bayram tadbiri  ham nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatda oʻz oʻrinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Prezidentimiz tomonidan nogironlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.  Yigʻilganlarga Tarix fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan esdalik sovgʻalar taqdim etildi.

Tadbirlar davomida Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti tomonidan tadbirlarda imkoniyati cheklanganlarga maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlandi, ularga koʻtarinki kayfiyat ulashilib, ularning duosi olindi.

Iqboljon Jumaboyev
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.