Andijon Davlat
Universiteti
OITSGA QARSHI KURASHISH KUNIGA BAG’ISHLANGAN QVZ CHIQISHLARI O’TKAZILDI
2020-12-01    2895

Bugun, universitet yoshlar ittifoqi BT tashabbusi bilan 1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuniga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Akramjon Yuldashev, universitet yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori A'zamjon Hamraqulov, yoshlar ittifoqi BT yetkachisi Omadbek Olimjonov, universitet tibbiy punkt hodimlari hamda 300 ga yaqin talabalar ishtirok etdilar.

Unda OITS va OIV’ni keltirib chiqruvchi sabablar, uning oldini olish choralari bo’yicha kichik ma’lumotlar berib o’tildi.

Shuningdek, universitet talabalarining “QVZ” jamoasi “Universal”ning xajviy chiqishlari ham namoyish etildi.

OITS ga chalinganlar hayotidan olingan ibratli sahna ko’rinishi, talabalar hayotiga oida hajviy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir so’nggida taqdirlash marosimi o’tkazildi. Dastlab ushbu tadbir ishtirokchilari taqdirlangan bo’lsa, undan so’ng karantin davrida "Sen - qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!"  shiori ostida o’tkazilgan onlayn tanlovning 4 ta eng yaxshi videorolik, eng yaxshi audio insho, eng yaxshi ijodiy ishlar (fotosurat, tasviriy san’at na’munalari), eng yaxshi nazm yo’nalishlari bo’yicha g’oliblar taqdirlandi.

“Eng yaxshi ijodiy ishlar tanlovi”
1-o‘rin – Abdujalilov Abdulxay – Filologiya fakulteti talabasi
2-o‘rin – Hojimurodova Zilola – Chet tillar fakulteti talabasi
3-o‘rin – Qo‘ziev Ro‘zimuhammad – Tabiiy fanlar fakulteti

“Eng yaxshi nazm tanlovi”
1-o‘rin – Madumarova Shaxlo – Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi
2-o‘rin – Iminjonov Bobur – Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi
3-o‘rin – Hamdamova Munira – Filologiya fakulteti 4-kurs talabasi

“Eng yaxshi videoroliklar tanlovi”
1-o‘rin – Nodirbekov Furqatbek – Ijtimoiy iqtisodiyot 4-kurs
2-o‘rin – Karimov Ozodbek – Ijtimoiy iqtisodiyot 2-kurs
3-o‘rin – Mamasodiqov Mirzajon – Tabiiy fanlar fakulteti 2-kurs

“Eng yaxshi audio insholar tanlovi”
1-o‘rin – Dilmurodova Mohinur – Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi
2-o‘rin – Jo‘raboev Shaxriyor – Tabiiy fanlar fakulteti 2-kurs
3-o‘rin – Yuldasheva Nilufar – Tarix fakulteti 2-kurs

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.