Andijon Davlat
Universiteti
XABOXUNOVA ROZIYAXON SHODMONOVNA FALSAFA DOKTORI (PHD) DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI
2020-11-26    1649

Kuni kecha, Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi katta oʻqituvchisi Xaboxunova Roziyaxon Shodmonovnaning filologiya fanlari doktori, professor Jabborov Nurboy Abdulhakimovich ilmiy rahbarligida “Oʻzbek mumtoz adabiyotining oʻrganilishida akademik Aziz Qayumov ilmiy maktabining oʻrni” mavzusidagi 10.00.02 – “Oʻzbek adabiyoti” ixtisosligi boʻyicha filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Dissertatsiya himoyasi Zoom Cloud Meetings dasturi orqali oʻtkazilib, tadqiqotchi oʻzining koʻp yillik ilmiy tadqiqoti natijalarini Kengash aʼzolari eʼtiboriga havola etdi.

Dastlab tadqiqotchi Akademik Aziz Qayumov ilmiy maktabining oʻzbek mumtoz adabiyoti muammolarini oʻrganishda tutgan oʻrni, tadqiqot usullari, mezonlari va natijalarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab, dissertatsiyaning asosiy mazmunini ochib berdi.

Shundan soʻng rasmiy opponentlar filologiya fanlari doktori, professor Boqijon Toʻxliyev hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qobilova Zeboxon Bakirovna ushbu tadqiqot ishi boʻyicha oʻz xulosalarini berdilar.

Yigʻilishning muhokama qismida tadqiqot ishi boʻyicha berilgan barcha savollarga javob bergan Roziyaxon Xaboxunovaning dissertatsiya ishi OAK tomonidan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun qoʻyilgan barcha talablarga mos kelishi eʼtirof etildi. Kengash aʼzolarining ovoz berish natijalariga koʻra tadqiqot ishi 100 foiz maʼqullandi.

Ushbu katta yutuq bilan Roziyaxon Xaboxunovani tabriklaymiz, kelgusi ilmiy ishlarida zafarlar tilaymiz!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.